Xalqaro Senday hadli dasturi koordinatorlari bilan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-09-21 13:55:00 / Yangiliklar
![Xalqaro Senday hadli dasturi koordinatorlari bilan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Ffc4390b9-674b-a675-0454-8c12c951f191_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Kecha, 20-sentabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i polkovnik S.T.Zuparov boshchiligidagi vazirlik mutaxassislari BMT Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boshqarmasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori N.A.Kanoni bilan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv “2015 – 2030-yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi”ni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlari natijalarini muhokama, tahlil qilish va o‘zaro tajriba almashinish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan bu borada olib borilayotgan tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. O‘z o‘rnida martabali mehmon har yili vazirlik Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan O‘zbekistondagi BMT vakolatxonasining tegishli tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan 13-oktyabr – “Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni”ni tadbirlariga yuqori baho berdi.
Uchrashuv yakunida N.A.Kanoni qabul uchun minnatdorchilik bildirib, u ham ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan amaliy harakatlarni e’tirof etdi va bu borada bor kuchini safarbar qilishini bildirdi.