Hayotiy faoliyat xavfsizligi o'quv markazi

Hayot har doim ham tinch va xavfsiz boʼlavermaydi.
Kutilmagan vaziyatlar har birimizni sinovdan oʼtkazishi mumkin.
Shunday paytda eng muhimi — toʼgʼri harakat qilishni bilishdir.
Bu — shunchaki tavsiya emas, balki qonun talabidir.
2022 yil 17 avgustda qabul qilingan
“Аholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʼgʼrisida”gi Qonunning 25-moddasiga koʼra,
aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga oʼrgatish — umumiy va majburiy hisoblanadi.
Shuningdek,
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 20 oktyabrdagi 310-sonli qarori
hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 sentyabrdagi 754-sonli qaroriga muvofiq, aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash tizimi izchil yoʼlga qoʼyilgan.
Bugungi kunda Hayot faoliyati xavfsizligi oʼquv markazlarida ijtimoiy soha obʼektlari, tadbirkorlik subʼektlari rahbarlari va ishchi xizmatchilari hamda yongʼin xavfsizligi va fuqaro muhofazasiga masʼul shaxslar ham
maxsus dasturlar asosida oʼqitilmoqda.
Bu yerda siz:
yongʼinlarning oldini olish va bartaraf etishni,
favqulodda vaziyatlarda toʼgʼri boshqaruv qarorlarini qabul qilishni,
xodimlar va aholini xavfsiz evakuatsiya qilishni,
hamda birinchi tibbiy yordam koʼrsatishni amaliy tarzda oʼrganasiz.
Eng muhimi — ushbu oʼquv kurslari shartnoma asosida tashkil etilib,
har bir rahbar va fuqaro oʼz xavfsizligi uchun masʼuliyatni oʼz zimmasiga oladi.
Chunki xavfsizlik — bu faqat shaxsiy emas, balki jamoaviy masʼuliyatdir.
Oʼzingizni, jamoangizni va yaqinlaringizni himoya qilishni istaysizmi?
Unda befarq boʼlmang.
Hayot faoliyati xavfsizligi oʼquv markazlarida bilim oling.
Chunki bilim — bu hayotni saqlab qoladigan kuchdir.
