
Yoshlar siyosati

"Yoshlar kuni" munosabati bilan Furqat tumanida ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan yosh pedagog-o‘qituvchilar bilan tuman rahbariyati ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda bugungi kunda ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini yuksaltirish va yosh mutaxassislarga shart-sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z bordi.
Muloqot davomida yosh o‘qituvchilarni qiynayotgan muammolar, ish jarayonidagi taklif va mulohazalari atroflicha tinglandi. Ishtirokchilar tomonidan o‘rtaga tashlangan barcha savollarga batafsil javob qaytarilib, ko‘tarilgan masalalarni tezkor va ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Yurtimiz ertasi bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalashda fidoyilik ko‘rsatayotgan yosh ustozlarimiz doimo e’tibor va e’tirofda!


