MAHALLADA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILIB, MUHOKAMA QILINDI
2025-03-26 10:50:00 / Majlislar

MAHALLADA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILIB, MUHOKAMA QILINDI
📌 Forish tuman IIB JXX HPB VY va YBIG katta inspektori leytenant M.Sh.Qorabekova hamda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i R.Daulanovalar tomonidan tumandagi “Mahalla markazi”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📌 Unda tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faollari a’zolari ishtirok etishdi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahallada sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlar, kriminogen vaziyatga ta’sir qilayotgan omillar yuzasidan mahalla mutasaddilari ishtirokida muhokama qilindi.
📌 Mahalla hududida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va manzilli profilaktik ishlarni yo‘lga qo‘yish borasida aniq ko‘rsatma va takliflar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
