“MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI” RESPUBLIKA TANLOVINING FORISH TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
2025-03-26 10:50:00 / Yangiliklar

“MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI” RESPUBLIKA TANLOVINING FORISH TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
✅ Forish tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi 18-sonli musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 18-yanvardagi 30-sonli, Jizzax viloyat hokimining 2022-yil 4-fevraldagi 60-3-0-Q/22-sonli qaroriga asosan 2025-yilda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman (shahar) va viloyat bosqichlarini o‘tkazish, viloyat hokimining 2025-yil 4-martdagi 01-352-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Forish tuman bosqichi o‘tkazildi.
✅ Mazkur tanlovning 1-bosqichida IQ testdan 32 va undan yuqori natijaga ega bo‘lgan 47 nafar ishtirokchidan 11 nafari ishtirok etdi.
✅ Tanlovning 1-bosqich natijasiga ko‘ra 5 nafar ishtirokchi Mirjalol Mirsaidov, Shahnoza Mamarasulova, Muhabbat Zavqiyeva, Abbos Abdurazzoqov, Rauf Ahmedovlar hay’at a’zolarining xulosasiga asosan tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
✅ Tanlovda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Elnora Ummatova, viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hududiy boshqarmasi mutaxassislari M.Abulqosimov va A.Abdumalikovlar ishtirok etdi va tanlov g‘oliblarining kelgusi ishlariga omad tiladilar.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
