FORISH TUMANIDAGI “QIZILQUM” MAHALLASIDA PLYONKA TAGIGA QOVUN-TARVUZ KO‘CHATLARI EKISHGA KIRISHILDI
2025-03-26 10:45:00 / Yangiliklar

FORISH TUMANIDAGI “QIZILQUM” MAHALLASIDA PLYONKA TAGIGA QOVUN-TARVUZ KO‘CHATLARI EKISHGA KIRISHILDI
🌱 Forish tumanidagi “Qizilqum” mahallasida yetishtirilayotgan qovun, tarvuzlar o‘zining shirinligi va tabiiy tozaligi bilan ajralib turadi.
🌱 “Qizilqum” mahallasida yashovchi “Ayollar daftari”dan chiqqan mohir tadbirkor Aziza Xudoyberdiyeva 5 gektar yer maydoniga o‘z issiqxonasida yetishtirilgan qovun, tarvuz ko‘chatlarini plyonka tagiga ekishga kirishdi.
🌱 Ushbu jarayonda mahallada vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan 15 nafar fuqarolar bandligi ta’minlanib, ishbay maoshlari to‘lab berilmoqda.
🌱 Plyonka tagiga ekilayotgan erta pishar chillaki, dagaro navli qovun, tarvuzlar may oyi yakuniga qadar hosilga kirib yetiladi.
🌱 Tadbirkor Aziza Xudoyberdiyeva o‘z issiqxonasida qovun, tarvuz, pomidor, bulg‘or qalampiri ko‘chatlari yetishtirish bo‘yicha boy tajriba to‘plagan. U yetishtirayotgan ko‘chatlarni boshqa tadbirkorlar ham sotib olishayapti.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
