21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi” nomli davra suxbati.
2026-10-15 16:00:00 / Yangiliklar

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi” nomli davra suxbati.
Ona tili — millatning ma’naviy ustuni, uning o‘zligi, madaniyati va ko‘p asrlik tarixiy xazinasidir. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni keng va shukuhli tarzda nishonlanmoqda.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Forish tumani Inson ijtimoiy xizmatlar markazida “O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida davlat tilining jamiyatimiz va xalqimiz hayotidagi o‘rni, uni rivojlantirish hamda kelajak avlodga sofligicha yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ona tilimiz turli millat va elat vakillarini do‘stlik hamda hamjihatlik yo‘lida jipslashtiruvchi qudratli vosita ekani ta’kidlanib, xodimlar tomonidan tilimiz tarixi va taraqqiyotiga bag‘ishlangan ma’ruzalar o‘qildi.
Ona tilimiz — millatimiz g‘ururi va ma’naviyatimiz ko‘zgusidir.
🚩 Forish tumani hokimligi axborot xizmati
🔈 Bizni rasmiy sahifalarimizda ham kuzatib boring
