📍 Forish tumani hokimi yoshlar tadbirkorligini o‘rgandi
2026-04-30 16:00:00 / Yangiliklar

Forish tumani hokimi Sohib Islamov navbatdagi tashrifini “Uchma” MFY hududiga amalga oshirdi. 🚜 Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tuman yoshlariga dehqonchilik va tadbirkorlik uchun ajratilgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish holatini ko‘zdan kechirishdir. 🌾
O‘rganish davomida hokim yoshlar bilan muloqot qilib, ekinlarning holati va daromad olish rejalari bilan qiziqdi. ✅
Shuningdek, yer egalariga:
• Agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish; 💧
• Zamonaviy dehqonchilik usullarini qo‘llash; 👨🌾
• Eksportbop mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan bu kabi imkoniyatlar bandlikni ta’minlash va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda. 📈
📍 Forish tumani hokimligi Axborot xizmati
