Forish tumani hokimi talabalar bilan uchrashmoqda
2026-04-30 11:10:00 / Yangiliklar

Bugun Jizzax politexnika institutida Forish tumani hokimi Sohib Islamovning ushbu dargohda tahsil olayotgan 600 nafarga yaqin Forishlik talabalar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda. 🏛
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va kelajakdagi rejalari bilan tanishishdan iborat.
Muloqot davomida tuman rahbari yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, ularning tuman taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasiga alohida urg‘u bermoqda. 🎓
Ayni damda talabalar o‘z taklif va loyihalarini taqdim etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olmoqdalar. 📈
📍 Forish tumani hokimligi Axborot xizmati

