FORISH TUMANI PROKURORI ULUG‘BEK SHONAZAROVNING TUMAN AHLIGA MUROJAATI!
2026-02-03 18:20:00 / Yangiliklar

FORISH TUMANI PROKURORI ULUG‘BEK SHONAZAROVNING TUMAN AHLIGA MUROJAATI!
Qadrli otaxon va onaxonlar !
Aziz Forish tumanimiz aholisi !
➡️ Hurmatli Yurtboshimiz rahbarligida, mas’ul idora va tashkilotlar hamda vatanparvar xalqimiz bilan birgalikda barcha sohalarda, xususan Forish tumanida qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
➡️ Ko‘rilgan choralar natijasida tumanimizda 2026 yil 1 oyi davomida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 33,3 foizga, jumladan, og‘ir tan jaroxati yetkazish 100 foizga, boshqa jinoyatlar 100 foizga kamayishiga, shu bilan birga 23 ta mahallada 1 oy davomida jinoyat sodir etilmasdan yashil toifada qolishiga erishildi.
➡️ Lekin, shu bilan birga, raqamli texnologiya vositalari orqali fuqarolarni aldash va ularning mol - mulkini egallash holatlari ko‘paymoqda.
➡️ Keyingi vaqtlarda bank kartalaridan foydalangan holda o‘g‘rilik yoki firibgarlik holatlarining ko‘payishi tumanimiz aholisining raqamli moliyaviy savodxonlik darajasi yetarli emasligini ko‘rsatmoqda.
➡️ 2026 yil 1 oyi davomida 5 ta kiberjinoyatlar sodir etilib, shundan, 5 tasi o‘g‘rilik holatlari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgani buning yaqqol isboti.
➡️ Bundan tashqari, ayrim fuqarolarimizning o‘zlariga tegishli mol – mulklari va chorva mollarini qarovsiz qoldirganligi, o‘zlariga tegishli binolarini o‘z vaqtida qo‘riqlovga olish borasida zaruriy choralarni ko‘rmaganligi oqibatida, o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishiga imkoniyat yaratib berilmoqda.
➡️ Shu e’tiborsizlik oqibatida oldini olish mumkin bo‘lgan 2 ta o‘g‘irlik jinoyatlari sodir etildi.
Aziz Yurtdoshlar !
➡️ Tumanizda 2026 yil yanvar oyi davomida aholi gavjum joylar va ko‘chalarga, ko‘p qavatli uylar hovlilariga, mahallalarning asosiy kirish - chiqish joylariga, savdo markazlari va bozorlarga, ta’lim muassasalari kirish - chiqish joylariga kameralar o‘rnatish ishlari keng miqyosda olib borilmoqda.
➡️ Ushbu amalga oshirilgan ishlar kirminogen vaziyatni nazorat qilish, sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha aybdor shaxslarni tezkorlik bilan topish hamda jinoyatga jazo muqarrarligini ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
➡️ Natijada 2026 yil yanvar oyida yashirin tarzda sodir etilgan 2 ta jinoyatlar fosh etilishi, qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxslarning topilishiga erishildi.
➡️ Bundan tashqari, sodir etilgan jinoyatlarni har kuni tezkor tahlil qilib, manzilli tadbirlarni belgilash, kunlik so‘rov va nazorat tizimi yo‘lga qo‘yildi.
➡️ Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida barcha davlat tuzilmalari, keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikni kuchaytirish borasida salmoqli ishlar olib borilib, har bir aniqlangan jinoyatlar bo‘yicha jazo muqarrarligi ta’minlanmoqda.
Qadrli tumanimiz ahli!
➡️ Jinoyat qurboni bo‘lib qolmaslik maqsadida, avvalo extiyotkorlikka rioya qilishimiz, turli aldovlarga ishonib qolmasligimiz lozim.
➡️ Notanish shaxslarning tekshirilmagan va ishonchsiz va’dalariga ishonib qolmang, shaxsiy hisoblaringiz haqida ma’lumotlarni berib qo‘ymang, mol-mulkingiz, binolaringiz, xonadonlaringizni qarovsiz qoldirmang, bu borada yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanishga e’tibor qarating.
➡️ Albatta, tumanimizda jinoyatchilikning oldini olishda eng avvalo, Siz jonkuyar va vatanparvar xalqimizga, Sizlarning amaliy yordam hamda hamkorligingizga tayanamiz.
➡️ Bu borada qonunga itoatkorlik xissini oshirishimiz, yaqinlarimizni ham shunga chorlashimiz asosiy ko‘maklardan biri bo‘lib hisoblanadi.
➡️Agarda har bir fuqaro yurtimizni jinoyatdan holi, tinch va xavfsiz o‘lkaga aylantirishga o‘z hissasini qo‘shsa, shu yo‘lda muhtaram Prezidentimizga yelkadosh bo‘lib harakat qilsak, qonun ustuvor, adolat hukmron bo‘lgan jamiyatni barpo etamiz.
