JAMOATCHILIK ESHITUVLARI BO‘LIB O‘TDI
2025-12-23 17:05:00 / Yangiliklar

JAMOATCHILIK ESHITUVLARI BO‘LIB O‘TDI
✔️ Forish tumani “Bog‘don” mahallasida joylashgan 30-son madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi va Forish tuman hokimligi hamkorligida O‘zbekistonda birinchi AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.
✔️ Jarayonda Forish tuman aholisi, deputatlar, viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, OAV vakillari, RosAtom va O‘zAtom mas’ullari AES qurish va foydalanishning atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar taqdim qilishdi.
✔️ AES loyihasining asosiy parametrlari;
➡️ - elektr quvvati – 2110 MW (e)
➡️ - Yillik elektr ishlab chiqarish – 15,2 mlrd kW*soat
(12-15 % umumiy elektr ishlab chiqarishdan)
➡️ - Energobloklar soni – 4 ta
➡️ - VVER-1000 – 2 ta
➡️ - RITM-200 N – 2 ta
➡️ - Qurilish davrida yaratiladigan ish o‘rinlari soni – 13000 gacha
➡️ - Sovutish tizimi – quruq sovutish tizimi
➡️ - Atom elektr stansiyasining umumiy maydoni – 525 ga
➡️ - Foydalanish davrida yaratiladigan ish o‘rinlari soni – 2000 gacha
➡️ - Ekspluatatsiya muddati – 60 yil
✅ Energobloklarning ishga tushish muddati:
➡️ - Energoblok 1 (RITM-200N) – 2029-yil
➡️ - Energoblok 2 (RITM-200N) – 2030-yil
➡️ - Energoblok 3 (VVER-1000) – 2034-yil
➡️ - Energoblok 4 (VVER-1000) – 2035-yil.
✔️ Jamoatchilik eshituvida AES qurilishining atrof-muhitga ta’siri, atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasi, ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar o‘rin oldi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
✔️ Ta’kidlash joizki, jamoatchilik eshituvchi jamoatchilik nazoratining bir shakli bo‘lib, jamiyat manfaatlariga daxldor masalalarni xalq bilan bamaslahat ommaviy va ochiq o‘tkaziladigan yig‘ilishdir.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
