FORISH POLITEXNIKUMI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
2025-12-17 11:50:00 / Yangiliklar

FORISH POLITEXNIKUMI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
🛫 Toshkent shahrida Moskva muhandislik fizika instituti — “MIFI” Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent filiali hamda Jizzax viloyati Forish tumani Politexnikumi o‘rtasida ilm-fan va ta’lim sohasida hamkorlik memorandumi imozalandi.
🛫 Memorandumning asosiy maqsadi — ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tomonlar o‘rtasida uzviy aloqalarni mustahkamlash hamda hudud uchun zarur bo‘lgan yuqori va o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
🛫 Xususan, Forish tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan Atom elektr stansiyasi uchun politexnikumda o‘rta bo‘g‘in kasblar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, iqtidorli o‘quvchilarni Moskva muhandislik fizika instituti — “MIFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti Toshkent filialiga abituriyent sifatida tayyorlash ushbu hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🛫 Hamkorlik doirasida: — fizika, matematika, informatika va texnik fanlardan qo‘shimcha va fakultativ mashg‘ulotlar;
➡️ — yetuk professor-o‘qituvchilar ishtirokida ma’ruza, seminar va master-klasslar;
➡️ — fan olimpiadalari, ilmiy-amaliy konferensiyalar va intellektual musobaqalar;
➡️ — o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida tajriba almashish hamda kasbiy malaka oshirish
tadbirlarini birgalikda amalga oshirish rejalashtirilgan.
🛫 Ushbu memorandum hududning strategik ahamiyatga ega loyihalari uchun raqobatbardosh kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.
🛫 Ta’lim, ilm-fan va sanoat uyg‘unligi — kelajak kafolati!
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
