Raqamli suverenitet va milliy kiberxavfsizlik kuni doirasida seminar-trening o‘tkazildi
2026-10-29 16:10:00 / Yangiliklar

Energiya samaradorligi milliy agentligida Raqamli suverenitet va milliy kiberxavfsizlik kuni doirasida yoshlar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda davlat xizmatlaridan samarali foydalanish, raqamli xavfsizlikni ta’minlash, elektron ma’lumotlarni himoya qilish hamda my.gov.uz va E-ijro axborot tizimlarida ishlash ko‘nikmalarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga mazkur elektron platformalardan foydalanish tartibi, ularning imkoniyatlari va amaliy jihatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, raqamli muhitda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va elektron xizmatlardan oqilona foydalanish muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar javob berib, mavzu yuzasidan zarur tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.


