Energiya samaradorligi milliy agentligining bir guruh xodimlari “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi
2026-08-28 20:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Energiya samaradorligi milliy agentligida bayram tadbiri hamda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash hamda xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh Agentlik xodimlariga mazkur yuksak e’tirof nishonlari topshirildi.
Shuningdek, tadbir davomida Agentlik faoliyatini samarali tashkil etish, energiya samaradorligini oshirish va sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil hayotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida taqdirlangan xodimlarga ezgu tilaklar bildirilib, ularning fidokorona mehnati va Agentlik faoliyatiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Bunday yuksak e’tirof jamoa a’zolarini o‘z faoliyatiga yanada katta mas’uliyat bilan yondashishga, yangi tashabbuslarni ilgari surishga va belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishga ruhlantirishi ta’kidlandi.









