Energiya samaradorligi milliy agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
2026-08-22 10:35:00 / Yangiliklar

Energiya samaradorligi milliy agentligida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olish, davlat tashkilotlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaviy xavflarni boshqarish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1155-son Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Seminar davomida xodimlarga korrupsiya holatlari haqida xabar berish tartibi, murojaatlarni ko‘rib chiqish mexanizmlari va har bir xodimning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi shaxsiy mas’uliyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.


