Energiya samaradorligi bo‘yicha navbatdagi amaliy seminarlar Surxondaryoda
2026-08-21 17:25:00 / Yangiliklar

Energiya samaradorligi milliy agentligining Surxondaryo viloyati loyiha ofisi tomonidan Sariosiyo va Uzun tumanlarida aholi, tadbirkorlar hamda tuman hokimlari yordamchilari ishtirokida energiya samaradorligini oshirish va davlat subsidiyalaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminarlar tashkil etildi.
Tadbirlar davomida xonadonlarda energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatish uchun davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalardan foydalanish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Ishtirokchilarga ariza topshirish va tegishli jarayonlarni amalga oshirish esma.uzex.uz platformasi orqali elektron shaklda tashkil etilishi tushuntirildi.
Shuningdek, xonadonlarning energiya iste’moli holatini baholash, energiya auditi o‘tkazish va uning natijalariga ko‘ra zarur qurilmalarni tanlash jarayonlari haqida ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar yuzasidan Agentlik mutaxassislari tomonidan batafsil tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.

