Energiya samaradorligi: nazariya va amaliyot uyg‘unligi
2026-08-21 14:10:00 / Yangiliklar

Namangan viloyatida energiya samaradorligini oshirish, elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish hamda energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash maqsadida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminar 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasida tashkil etildi. Amaliy mashg‘ulotlarda ishtirokchilarga podstansiyaning asosiy elektr qurilmalari, ularning ishlash prinsipi va texnik xususiyatlari tushuntirildi.
Shuningdek, elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirishning muhim yo‘nalishlari, jumladan, reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish, kuchlanish rejimini optimallashtirish, transformatorlar yuklanishini nazorat qilish, elektr qurilmalarining texnik holatini monitoring qilish hamda raqamli monitoring tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.


