Qashqadaryoda ESCO loyihalari uchun energiya auditi bo‘yicha amaliy trening o‘tkazildi
2026-08-20 18:25:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyatida Energiya samaradorligi milliy agentligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida, Slovakiya Respublikasi hukumati moliyaviy ko‘magida energiya auditi va ESCO loyihalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan ikki kunlik amaliy trening tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida WTA va IGA energiya auditlarini o‘tkazish, IPMVP metodologiyasi asosida o‘lchash va tekshirish (M&V), bazaviy energiya iste’molini aniqlash, energiya iste’moli ma’lumotlarini iqlim omillariga mos ravishda normallashtirish hamda erishilgan energiya samaradorligi natijalarini hisoblash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Treningning amaliy qismida ishtirokchilar ijtimoiy soha binosi misolida boshlang‘ich energiya iste’moli ko‘rsatkichlarini shakllantirish, ma’lumotlarni normallashtirish, energiya samaradorligi natijalarini hisoblash va ularni tekshirish bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajardilar.




