Energiya samaradorligi milliy agentligi rahbariyatining shaxsiy qabul jadvali
2026-07-18 16:45:00 / Yangiliklar

Fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal etish hamda ochiq muloqotni ta'minlash maqsadida Energiya samaradorligi milliy agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan jadval asosida shaxsiy qabullar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Shaxsiy qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, subsidiya va kompensatsiyalar, energiya auditi, Agentlik faoliyatiga oid boshqa masalalar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan murojaat qilishlari mumkin.
Shaxsiy qabul jadvali
Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori Ziyoviddin Badriddinov
Har oyning uchinchi dushanba kuni
Soat 10:00 dan 12:30 gacha
Energiya samaradorligi milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Obid Pardayev
Har oyning birinchi dushanba kuni
Soat 10:00 dan 12:30 gacha
Energiya samaradorligi milliy agentligi direktorining o‘rinbosari O‘tkir Suvonqulov
Har oyning ikkinchi dushanba kuni
Soat 10:00 dan 12:30 gacha
Fuqarolar va yuridik shaxslar vakillari belgilangan jadval asosida o‘z murojaatlari bilan shaxsiy qabulga kelishlari mumkin.
Energiya samaradorligi milliy agentligi fuqarolarning murojaatlari qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini hamda har bir murojaat yuzasidan qonuniy yechim topishga alohida e'tibor qaratilishini ma'lum qiladi.
