23-iyun — Davlat xizmati kuni
2026-06-23 16:45:00 / Yangiliklar

Mazkur sana davlat xizmatining nufuzini oshirish, davlat xizmatchilarining jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyatini yanada yuksaltirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish, professional, halol va natijador davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Davlat xizmati — xalq manfaatlariga xizmat qilish, taraqqiyot va farovonlikka hissa qo‘shish mas’uliyati.









