Energiya audit sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
2026-01-25 09:55:00 / Yangiliklar

2026-yil 24-yanvar kuni Toshkent shahrida Energiya samaradorligi milliy agentligi tashabbusi bilan “Energiya audit sohasidagi dolzarb masalalar” mavzusida respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, O‘zenergoinspeksiya vakillari, xalqaro tashkilotlar, energiya auditorlari va menejerlarini tayyorlovchi ta’lim muassasalari, Energetiklar uyushmasi, energiya audit tashkilotlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad energiya audit sohasida mavjud muammolarni atroflicha muhokama qilish, amaldagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, energiya audit xizmatlari sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida energiya auditini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha joriy etilgan Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi — esma.uzex.uz imkoniyatlari muhokama qilindi. Mazkur platforma orqali energiya auditni o‘tkazish, auditorlarni tanlash, hisobotlarni shakllantirish hamda xizmatlar shaffofligini ta’minlash mexanizmlari ko‘rib chiqildi. Platforma operatori O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi hisoblanadi.
Seminarda energiya auditorlarini sertifikatlash jarayonlari ham alohida muhokama etildi. Ta’kidlanganidek, sertifikatlash ikki yo‘nalishda — bino-inshootlar va sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘quv modullari bino-inshootlar yo‘nalishida 48 soatni, sanoat yo‘nalishida esa 144 soatni tashkil etadi.
Energiya auditorlarining yagona reyestrini yuritish, ularning malaka toifalarini aniqlash, reyting tizimini joriy etish hamda reyestr orqali davlat va xususiy sektor obyektlarida energiya auditini o‘tkazish amaliyotini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda platformada energiya auditorlarining yagona reyestrini yuritish moduli ishga tushirilgan.
Takidlanganidek, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzenergoinspeksiya hamda JICA (Yaponiya) va DENA (Germaniya) tashkilotlari bilan hamkorlikda 10 ta taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarida energiya auditorlarini tayyorlash va ularni sertifikatlash tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, aholi uy-joylari uchun energiya auditini tashkil etish, energiya samarador qurilmalarni o‘rnatishga qaratilgan rag‘batlantirish choralari yuzasidan seminar ishtirokchilarining taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-son qaroriga muvofiq aholi uy-joylarini energiya auditidan o‘tkazish xarajatlarining 100 foizi, quyosh panellari, geliokollektorlar, maishiy isitish qozonlari va boshqa energiya samarador qurilmalarni xarid qilish hamda o‘rnatish xarajatlarining 20 foizi, issiqlik nasoslarini xarid qilish va o‘rnatish xarajatlarining 40 foizi miqdorida subsidiya ajratilishi belgilangan.
2025-yil davomida Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi orqali fuqarolarga energiya auditi hamda energiya samarador qurilmalar xaridi va ularni o‘rnatish xarajatlarini bir qismini qoplash bo‘yicha jami 1 224,1 mln so‘m miqdorida subsidiya ajratildi. Ushbu mablagʻlarning 1 111,3 mln soʻm (90,8%) qismi energiya samarador qurilmalar, 112,8 mln soʻm (9,2%) energiya audit xarajatlarini qoplab berishga yoʻnaltirilgan.
Seminar yakunida energiya audit sohasini yanada rivojlantirish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda energiya audit xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha qator muhim taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Bildirilgan fikr-mulohazalar va ilgari surilgan tashabbuslar energiya auditni tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish, Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi sohada shaffoflik va raqobatni kuchaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.
2026-yil 24-yanvar kuni Toshkent shahrida Energiya samaradorligi milliy agentligi tashabbusi bilan “Energiya audit sohasidagi dolzarb masalalar” mavzusida respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, O‘zenergoinspeksiya vakillari, xalqaro tashkilotlar, energiya auditorlari va menejerlarini tayyorlovchi ta’lim muassasalari, Energetiklar uyushmasi, energiya audit tashkilotlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.