Asosiy kontentga o'tish

"Janubiy Ustyurt"ning qorabovuri

2025-03-26 10:00:00 / Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog‘i xodimlari tomonidan qorabovur qushi suratga olindi.

Bu qush, asosan, cho'l hududida, dashtlarda uchraydi, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda yashaydi. Ancha faol va ehtiyotkor. Kaspiy va Orol dengizlaridan muntazam ravishda chuchuk va sho'r suv ichadi. Urug'lar, kurtaklar va boshqa o'simliklar qismlari bilan oziqlanadi.
O'rtacha 7 yil umr ko‘radi. 

Qorabovur qushi Ustyurt platosida yil davomida uchraydi. 2024-yil kuzgi sanoq davomida 87 bosh qorabovur qushi ro‘yxatiga olindi.

Ma'lumot uchun, "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog'i 2020-yil 11-noyabrda Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo‘ng'irot tumanida tashkil etilgan. Hududda 149 tur hayvonot dunyosi vakillari uchraydi, shundan 36 turi O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan.

212

Oxirgi yangilanish: 2025-03-26 11:50:28

"Janubiy Ustyurt"ning qorabovuri