Turkiston silovsini fotoqopqonda
2025-03-24 11:00:00 / Yangiliklar

Turkiston silovsini zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi va Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiya (CITES) II Ilovasiga kiritilgan.
Asosan, tunda, ba'zan kunduzi ham faol, boshqa paytlari chakalakzor butalar orasiga berkinib yotadi. May-iyunda bolalaydi. Ko‘payish davridan so‘ng ozuqa yetishmasa ko‘chadi. Asosan, quyonlar bilan oziqlanadi. 17 yilgacha yashaydi.
Ma'lumot uchun, Zomin davlat qo'riqxonasi 1928-yil 5-iyunda Jizzax viloyati Zomin va Baxmal tumanlarida tashkil etilgan. Hududda 149 turdagi hayvonot vakillari yashaydi, shundan 17 turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Qo‘riqxonada Tyan-Shan qo'ng'ir ayig'i, Turkiston silovsini, Sibir tog' echkisi, oq boshli qumoy, burgut, tasqara kabilar ko‘proq uchraydi.