COP29: transchegaraviy daryolar suvlaridan foydalanish samaradorligi ortayotgani ta'kidlandi
2024-11-19 14:30:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Xalqaro suv resurslari instituti mintaqaviy direktori Barbara Yanush Pavletta, Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi Ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Serik Bekmaganbetov, Markaziy Osiyo Davlatlararo suv xoʻjaligini muvofiqlashtirish komissiyasining Ilmiy-axborot markazi direktori Dinara Ziganshina, Xalqaro Orolni qutqarish jamgʻarmasi GEF agentligi rahbari V.Sokolov va Qirgʻiz Respublikasi Suv resurslari xizmati direktori oʻrinbosari Ulukbek Bayaliyev ishtirok etdi.
Tadbirda nutq so‘zlagan Suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari T.Butunbayev Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan respublikamiz suv xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. U qoʻshni respublikalar bilan munosabatlar yaxshilanib, transchegaraviy daryolar suvlaridan foydalanish samaradorligi ortayotganini ta'kidladi.
Shuningdek, tadbir davomida yurtimizda kanallarni betonlash, suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan maydonlar qamrovini kengaytirish, sohani raqamlashtirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida ham maʼlumot berildi.