Parvoz qilayotgan qizil o'rdaklar
2024-11-04 10:30:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamentiga qarashli Markaziy Qizilqum milliy tabiat bog‘i xodimlari tomonidan parvoz qilayotgan qizil o'rdaklar (ang'irt) suratga olindi.
Ang'irt yoki qizil o'rdak — o'rdaklar oilasiga mansub suv qushlari bo'lib, patlari o'ziga xos to'q sariq-jigarrang, boshi boshqa o'xshash o'rdakdan ko'ra yengilroq. Odatda, qizil o'rdaklar juft yoki kichik guruh bo'lib, kamdan-kam hollarda esa katta guruh bo‘lib yashaydilar. Ammo qishlash paytida ko'llarda yoki daryolarda katta gala bo‘lib to'planishlari mumkin.
Ma’lumot uchun: Markaziy Qizilqum milliy tabiat bog‘i 2022-yil fevral oyida Navoiy viloyati Uchquduq tumani hududida tashkil etilgan. Bogʻda 66 turdagi hayvonlar yashaydi, ulardan 36 tasi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.