Ekologiya sohasiga oid eng muhim yangiliklar "Ekologiya xabarnomasi"da!
2024-10-11 11:55:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining faoliyati yuzasidan dolzarb mavzulardagi axborot beradigan vositalardan biri — "Ekologiya xabarnomasi" jurnalidir.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining faoliyati yuzasidan dolzarb mavzulardagi axborot beradigan vositalardan biri — "Ekologiya xabarnomasi" jurnalidir.
Jurnal Davlatimiz rahbarining sohaga oid bo'lgan muhim tashabbuslari, xalqaro hamkorliklar, eng dolzarb muammolar va ularning yechimlari hamda ekologik ongni yanada yuksaltirishga qaratilgan axborotlarni o'zida mujassam etadi.
Jurnal 1 yilda 4 marta chop etiladi. Elektron shakli Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti telegram kanalida e'lon qilib boriladi.