Namanganda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Workout musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
2025-05-21 16:15:00 / Yangiliklar
Davlatobod tumanida yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Workout sport yo‘nalishi bo‘yicha viloyat bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov hamda viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Faxriddin Yunusov ishtirok etib, barcha qatnashchilarga muvaffaqiyat tiladilar.
Musobaqada viloyatning barcha hududlaridan saralab olingan, jismonan chiniqqan, faol va tashabbuskor yoshlar ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, texnikasi, muvozanatni saqlash ko‘nikmalari va kreativ harakatlari asosida baholandi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor ishtirokchilarga diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.



