Deputatlar faoliyatidan: aholi murojaati joyida o‘rganildi
2026-10-21 10:00:00 / Yangiliklar
Xalq deputatlari Davlatobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan Shishaki mahallasidagi Ibn Sino-3 ko‘chasi aholisidan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholi tomonidan ko‘chani shag‘allashtirish, kelgusida asfaltlashtirish hamda ko‘cha bo‘ylab oqib o‘tuvchi ariq qirg‘oqlarini betonlashtirish masalalari ko‘tarildi. Deputatlar fuqarolarning fikr-mulohazalarini tinglab, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan takliflar bilan tanishdilar.
Mazkur masalalarni hal etish choralarini ko‘rish maqsadida deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.
Davlatobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Davlatobod tumani hokimligi Axborot xizmati






