Bog'cha tarbiyalanuvchilari bilan mashg'ulot o'tkazildi
2026-09-16 10:00:00 / Yangiliklar
Davlatobod tumani MvaMTBga qarashli 23-sonli Maktabgacha ta'lim tashkilotida “Diqqat bolalar” profilaktik tadbirlari doirasida "Yo'l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi" shiori ostida targ'ibot uchrashuvi o'tkazildi.

Unda bolajonlarga yo'l qoidalari va belgilari turli o'yinlar hamda ko'rgazmali qurollar yordamida o'rgatildi.
Bu kabi amaliy ishlar barcha hududlarda davom ettirilmoqda.









