Xalq qabulxonasida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
2026-08-21 10:00:00 / Yangiliklar
Davlatobod tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i E.Mamatqulov tomonidan 2026 yil 21 avgust kuni Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida 7 nafar fuqarolardan imtiyozli kredit olish, iqtisodiy ko‘mak va bandlikka oid masalalarda 5 ta murojaatlar kelib tushdi.
Shundan 2 tasi joyida hal etildi, 3 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish va ijrosini ta’minlash mas’ullarga yo‘naltirildi va har bir murojaat yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolariga yechim topish hamda har bir murojaatni e’tibor bilan ko‘rib chiqish Davlatobod tumanida ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.






