Mustaqillik shukuhi: yangi uylar foydalanishga topshirilish arafasida
2026-08-20 10:00:00 / Yangiliklar
Davlatobod tumanida Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uy-joylarda qurilish ishlarining sifati va yakunlash jarayonlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida yangi uylarning qurilish sifati, obodonlashtirish ishlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Ob’yektlarni belgilangan muddatda va sifatli foydalanishga topshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, uylarda energiya tejamkor uskunalardan samarali foydalanish va quyosh panellarini o‘rnatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mustaqillik bayrami arafasida zamonaviy ko‘p qavatli uylar aholi ixtiyoriga topshirilib, yurtdoshlarimiz uchun munosib va qulay yashash sharoitlari yaratiladi.
Davlatobod tumani hokimligi Axborot xizmati









