Xotin-qizlarning murojaatlari tinglandi
2026-08-17 10:00:00 / Yangiliklar
Davlatobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D. Nabiyeva tomonidan fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida 2 ta oilaviy, jumladan, ajrim masalasi hamda davlat tomonidan berilgan imtiyozli uy-joy masalasi bo‘yicha 3 ta murojaat tinglandi.
Murojaatlar atroflicha o‘rganilib, fuqarolarga belgilangan tartibda tushuntirishlar berildi hamda tegishli masalalar hamkor tashkilotlarga yo‘naltirildi.
Davlatobod tumani hokimligi Axborot xizmati



