Nurobod mahallasiga yangi bino quriladi
2026-07-30 10:00:00 / Yangiliklar
Davlatobod tumanidagi Nurobod mahallasida davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida bunyod etilishi rejalashtirilgan yangi ma'muriy bino loyihasi bilan tuman hokimi Anvarjon Tojimirzayev tanishdi.

Loyiha taqdimoti davomida yangi binoning zamonaviy arxitektura yechimlari, fuqarolar uchun yaratiladigan qulay sharoitlar hamda hudud infratuzilmasiga qo‘shadigan hissasi yuzasidan ma'lumot berildi.
Tuman hokimi loyiha bo‘yicha mas'ullarga qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda bino barcha zamonaviy talablarga javob berishini ta'minlash yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.
Mazkur loyiha mahalla aholisiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, qulay va zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda hududning yanada obod bo‘lishiga xizmat qiladi.
Davlatobod tumani hokimligi Axborot xizmati






