Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
2026-07-29 10:00:00 / Yangiliklar
Davlatobod tumani hokimligi hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Umid mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Isakov Aleksandrning murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi.

Murojaatda fuqaro ayrim sabablarga ko'ra sababli o‘zi yashab turgan xonadonga kira olmayotganini ma’lum qilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida holat atroflicha o‘rganilib, tomonlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda yuzaga kelgan muammo joyida ijobiy hal etildi.
Davlatobod tumani hokimligida fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini joyida hal etish va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Davlatobod tumani hokimligi Axborot xizmati






