Shaxsiy qabul o‘tkazildi
2026-07-28 10:00:00 / Yangiliklar
Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirzayev tomonidan Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan ichimlik suvi, elektr ta'minoti, kommunal xizmatlar, bandlik, tadbirkorlik va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaatlarning aksariyati mas'ul tashkilotlar ishtirokida shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat'iy nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolariga yechim topish hamda har bir murojaatni e'tibor bilan ko‘rib chiqish Davlatobod tumanida ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Davlatobod tumani hokimligi Axborot xizmati









