Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashining navbatdagi o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-07-04 10:00:00 / Yangiliklar

Sessiya kun tartibiga tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda hududlarni yanada obod etishga qaratilgan bir qator muhim masalalar kiritildi.
Jumladan, 2026-yilning olti oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash natijalari, mahallalar va ta’lim muassasalarida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” dasturini samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalliy budjetning erkin qoldiq mablag‘larini yo‘naltirish, tasdiqlangan budjet parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish yuzasidan tegishli qarorlar ko‘rib chiqildi.
Sessiyada ekologiya sohasida amalga oshirilgan ishlar, hududlarda “Soya-salqin sayr ko‘chasi”ni tashkil etish, Oliy Majlis Senati Kengashi qarori ijrosini ta’minlash hamda tuman Kengashining doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalalari ham muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Kengash ishi ijtimoiy tarmoq orqali jonli efirga uzatildi 👉https://www.facebook.com/Kengash.Davlatobod/videos/1675637243643133/?notif_id=1782728413328949¬if_t=live_video&ref=notif
Davlatobod tumani hokimligi Axborot xizmati









