Xalq qabulxonasida shaxsiy qabul o‘tkazildi!
2026-07-10 10:00:00 / Yangiliklar
Davlatobod tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i E.Mamatqulov tomonidan Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida 9 nafar fuqarolardan jami 6 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Shundan 3 tasi joyida hal etildi, 3 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish va ijrosini ta’minlash uchun tegishli mas’ullarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.
Fuqarolar tomonidan asosan imtiyozli kredit olish, iqtisodiy ko‘mak va bandlikka oid masalalar ko‘tarildi.
Mas’ullarga har bir murojaat yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolariga yechim topish hamda har bir murojaatni e’tibor bilan ko‘rib chiqish Davlatobod tumanida ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.


