Shaxsiy qabulda xotin-qizlar murojaatlari o‘rganildi
2026-06-15 10:00:00 / Yangiliklar
2026 yil 15 iyun kuni Davlatobod tumani Xalq qabulxonasi binosida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida xotin-qizlar tomonidan moddiy yordam olish, 402-sonli qaror ijrosi yuzasidan berilgan tavsiyanoma bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish, davolanish uchun order olish hamda ta’lim masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Jumladan, 3 nafar fuqaroga moddiy yordam masalasida, 1 nafar murojaatchiga 402-sonli qaror ijrosi bo‘yicha, 1 nafar fuqaroga davolanish uchun order olishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, o‘qish masalasida murojaat qilgan xotin-qizlarning muammolari atroflicha o‘rganilib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda tegishli hamkor tashkilotlarga yo‘naltirildi.



