Doimiy komissiya yig‘ilishida 1-chorak yakunlari tahlil etildi
2026-05-02 12:20:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda tuman prokuraturasi, tuman IIB hamda Xalq qabulxonasi tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborotlar tinglandi. Xususan, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, murojaatlar bilan ishlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Muhokamalar davomida sohada mavjud muammo va kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish, profilaktika ishlarini kuchaytirish, aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish va mas’ul idoralar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Yig‘ilish yakunida ko‘tarilgan masalalarni navbatdagi sessiyada atroflicha ko‘rib chiqish yuzasidan kelishib olindi.




