Akademiklar Chiroqchida...
2026-05-25 15:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Akademiklar Chiroqchida...
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Spekrining birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Akmal Saidov va Toshkent shahridagi Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, professor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Qalandar Abdurahmonov Chiroqchi tumaniga tashrif buyurishdi.
Akademiklar Chiroqchi tumani hokimi Bahodir Xudoyqulov hamrohligida tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lishdi. "Yuksak ma’rifatli avlod - Uchinchi Renessans poydevori" shiori ostida o‘tkazilgan uchrashuvda akademiklar bitiruvchi yoshlarga bosib o‘tgan hayot yo‘li haqida so‘zlab, bugungi dorilomon kunlarda yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar va bu imkoniyatlardan unumli foydalanish xususida o‘quvchilarga o‘z tavsiyalarini berishdi.
Shuningdek, “Yoshlar - Uchinchi Renessans bunyodkorlari!” ekanligi va buni doim his qilish va mas’uliyat bilan o‘qishga, ishga yondashish kerakligini ta’kidlashdi. Uchrashuv davomida, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining magistr bosqichida ta’limni davom ettirayotgan yoshlarga universitet ko‘krak nishonlari ham topshirildi. Uchrashuv yakunida, akademiklar maktab kutubxonasi uchun kitoblar sovg‘a qilishgan bo‘lsa, chiroqchiliklar ham mehmonlarga izzat-ikrom ko‘rsatishdi.









