"Hokimlik soati"da bir qator masalalar muhokama qilindi
2026-05-11 12:35:00 / Majlislar

Chiroqchi tumani hokimi Bahodir Xudoyqulov rahbarligida o‘tkazilgan "hokimlik soati"da bir qator masalalar muhokama qilindi...
Xususan, dehqon oziq-ovqat bozorlarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari "Hokim rastasi" yarmarkasini tashkil etish, bog‘ va tokzorlar orasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, pilla parvarishi va yig‘im-terim ishlarini tashkil etish, Kasbi tajribasi asosida "Mahalla burchagi" loyihalarini joriy etish, qurilish, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan mikro loyihalarni rivojlantirish hamda "Yashil makon" loyihasi doirasida ekilgan daraxt nihollarini yozning issiq kunlarida parvarishlash, qishloq xo‘jaligi maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, tuman markazidan olis hududlarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish kabi masalalariga ham alohida e’tibor qaratilib, mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar muhokama qilinib, kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.




