Tumanda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
2026-04-27 18:05:00 / Yangiliklar

Xavfsiz mahalla - xavfsiz yurt: Qaror ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida tizimli faoliyatni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan PQ-1 va PQ-2-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Chiroqchi tumani hokimi Bahodir Xudoyqulov tumanning Obod va Humo mahallalarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining huquqiy ongi va faolligini oshirish, jinoyatchilikka olib kelayotgan omillarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan ishlar mahalla "yettiligi" ishtirokida muhokama qilindi.
Shuningdek, qilishini lozim dolzarb vazifalar xususida tuman rahbari mahalla mas’ullariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Hokim o‘quvchilar bilan suhbatlashdi
Chiroqchi tumani hokimi Bahodir Xudoyqulov bugun 116-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar bilan tanishdi.
O‘quvchilar bilan bo‘lgan suhbat davomida tuman rahbari ularning kelajakdagi rejalari va orzulari bilan qiziqdi. Shuningdek, o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashi, kitob o‘qishi kerakligini ta’kidladi.
Maktab o‘qituvchilari bilan suhbatlashgan tuman hokimi maktabda ta’lim sifatini oshirish va davomatni ta’minlash yuzasidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish kerakligi xususida tavsiyalar berdi.
Xabaringiz bor yaqinda Chiroqchi tumani FVB tomonidan tumanda joylashgan "Chiroqchi dehqon oziq-ovqat bozori" da bir nechta yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilganligi aniqlanib, mavjud kamchiliklar bartaraf etilib, bozor faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilgan edi.
Bugun Chiroqchi tumani hokimi Bahodir Xudoyqulov bozor faoliyati bilan yaqindan tanishib, tadbirkorlar va sotuvchilarga savdo madaniyatiga qat’iy rioya qilish xususida tegishli tavsiyalar berdi.
Shuningdek, tuman rahbari FVB boshlig‘i Navro‘z Asadovga va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining tuman bo‘limi boshlig‘i Erkin Arziyevlga yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya talablarini buzgan tadbirkorlarga va bozor ma’muriyatiga nisbatan qonunda belgilangan talablar asosida qonuniy chora ko‘rish to‘g‘risida tegishli topshiriqlar berdi.


