Chiroqchida “Viloyat hokimi olimpiadasi”ga start berildi
2026-04-24 20:25:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati hokimining 14.04.2026 yildagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Viloyat hokimi olimpiadasi”ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayonining ijrosini taʼminlash maqsadida hududlarda olimpiada jarayonlari boshlab yuborildi.
Tumandagi 105-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan fan olimpiadaning ochilish marosimida Chiroqchi tumani hokimi Bahodir Xudoyqulov ishtirok etib, mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish borasidagi islohotlar va intellektual salohiyatli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati haqida to‘xtaldi hamda barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Olimpiada jarayonlari shaffoflik va adolat tamoyillari asosida, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari nazorati ostida tashkil etilmoqda. O‘quvchilarning bilim darajasi zamonaviy “Kahoot” platformasi yordamida, onlayn test sinovlari orqali aniqlanmoqda.





