"Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi"
2026-02-20 19:55:00 / Yangiliklar

Kam ta’minlangan oilalar xonadonida iftorlik dasturxoni yozilmoqda
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Chiroqchi tumanida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularning xonadonlarida iftorlik dasturxonlari tashkil etilmoqda.
Tumanning Yangiqurilish mahallasida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oila xonadonida hokimlik va mahalla "yettiligi" hamkorligida iftorlik dasturxoni yozildi. Dasturxon ustida samimiy suhbat davomida davlatimiz rahbarining Ramazon oyi munosabati bilan yo‘llagan tabrigi yetkazildi.Iftorlikda tuman hokimining o‘rinbosari Zahriddin Qambarov ishtirok etdi.
Shuningdek, oila a’zolarining muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli masalalar nazoratga olindi. Bu kabi ezgu tadbirlar Ramazon oyining mehr-oqibat va saxovat ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.




