Chiroqchida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ijtimoiy soha obyektlarning ishonchli himoyasini tashkil etish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
2026-02-19 18:25:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Chiroqchida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ijtimoiy soha obyektlarning ishonchli himoyasini tashkil etish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Madaniyat markazida tuman hokimi Bahodir Xudoyqulov rahbarligida tuman prokurori Jasur Tursunov, IIB boshlig‘i Hamza Jamolovlar hamda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Nosir Nazarov, viloyat IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Isomiddin Samandarovlar ishtirokida mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi..
Uchrashuvda mahallalarda xavfsiz, barqaror va osoyishta muhitni yaratish, jamoat tartibi hamda xavfsizligini ishonchli ta’minlash, shuningdek fuqaro xonadonlari va obyektlarini qo‘riqqa olish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Qo‘riqlash xizmati afzalliklari, qo‘riqlash signalizatsiya vositalari, ularning turlari, tezkor harakatlanuvchi guruhlar haqida batafsil tushunchalar berildi. Shu bilan birga Qo‘riqlash xizmati afzalliklarini targ‘ib qiluvchi tarqatma materiallar tarqatilib, tadbirkorlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.
Olib borilayotgan ushbu targ‘ibot tadbirlari fuqarolarning mol-mulkini ishonchli muhofaza qilish, barvaqt huquqbuzarliklarning oldini olish hamda hududlarda tinchlik va osoyishtalik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.









