Chinoz_tumani
2026-08-19 09:00:00 / E'lon
Xabar berganimizdek, 21–22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.
Festival doirasida soha mutaxassislari ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya, “Eng yaxshi uzum navi” va “Eng yaxshi ko‘rgazma paviloni” nominatsiyalari bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovi, hunarmandchilik mahsulotlari va milliy taomlar ko‘rgazmalari, shuningdek, qator madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etiladi.
Har yili anʼanaga aylangan ushbu betakror sayilni birgalikda kuzatib, Parkentning go‘zal tabiati, uzumchilik an’analari va festivalning o‘ziga xos muhitini keng jamoatchilikka yetkazishga chorlaymiz!
“Uzum sayli” — nafaqat uzum bayrami, balki tabiat, mehnat, milliy qadriyat va mehmondo‘stlik uyg‘unlashgan katta madaniy sayildir.
Tadbirga borish va kelish uchun Toshkent shahri markazi — "O‘zbekiston" mehmonxonasi oldidan maxsus transport tashkil etiladi.
Ishtirok etish istagidagi jurnalist va blogerlar ro‘yxatdan o‘tish uchun (F.I.Sh. OAV nomi va turi, blogerlik akkaunti (havolasi), telefon raqami) ma’lumotlarni quyidagi manzillarga yuborishlari so‘raladi:
Telegram va aloqa uchun:
+998903295055
+998507065058
Zarkentda — “Uzum sayli”da ko‘rishguncha!
