Chinoz_tumani
2026-07-29 14:00:00 / Murojaat
Hech kimga sir emas, yillar davomida ayrim fuqarolarimiz tomonidan egallab kelinayotgan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylar huquqiy jihatdan to‘liq rasmiylashtirilmagan edi. Bu esa uyni sotishda, meros qilib qoldirishda, bank kreditini rasmiylashtirishda va boshqa ko‘plab huquqiy munosabatlarda turli qiyinchiliklarni keltirib chiqarar edi.
O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 avgustdagi O‘RQ–937-qonuni orqali fuqarolarga o‘z egallab olingan yer va binolar uchun huquqlarni qonuniylashtirish imkoniyati berilmoqda. Agar xonadon to‘lov qilsa, bu ertaga mulkning qonuniy hujjatga ega bo‘lishi, meros qilish va kadastr rasmiylashtirish jarayonlarida qiyinchiliklarsiz amalga oshishiga yordam beradi. Chinoz tuman Adliya bo‘limi fuqarolarga murojaat qilishni ham taklif qilyapti.
2026 yil — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
Hech kimga sir emas, yillar davomida ayrim fuqarolarimiz tomonidan egallab kelinayotgan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylar huquqiy jihatdan to‘liq rasmiylashtirilmagan edi. Bu esa uyni sotishda, meros qilib qoldirishda, bank kreditini rasmiylashtirishda va boshqa ko‘plab huquqiy munosabatlarda turli qiyinchiliklarni keltirib chiqarar edi.
Bugun esa davlatimiz tomonidan ana shu muammoni qonuniy yo‘l bilan hal qilish uchun imkoniyat yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-qonuni fuqarolarga o‘z mulkini qonuniylashtirish imkoniyatini bermoqda.
Hurmatli fuqarolar!
Agar Sizning xonadoningiz mazkur qonun asosida xatlovdan o‘tkazilgan va to‘lovga chiqqan bo‘lsa, buni oddiy to‘lov deb emas, balki oilaviy kelajagingizga kiritilayotgan huquqiy sarmoya deb qabul qiling.
Chunki bugun amalga oshirilgan to‘lov ertaga Sizning uyingizning qonuniy hujjatga ega bo‘lishiga, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga va mulk huquqingizning davlat tomonidan himoya qilinishiga xizmat qiladi.
Eng muhimi, farzandlaringizga hech qanday huquqiy muammosiz meros bo‘lib qoladigan mulkni qoldirasiz. Qonuniy hujjatga ega uy — xotirjamlik degani.
Shuning uchun ham belgilangan to‘lovni muddatida amalga oshirish sizning eng to‘g‘ri qaroringiz bo‘ladi.
Aziz chinozliklar!
Ayrimlar "keyin ham shunday imkoniyat chiqar", deb o‘ylashi mumkin. Biroq qonunchilikda bunday imkoniyat yana takrorlanishi kafolatlanmagan. Bugun mavjud huquqiy imkoniyatdan foydalanmaslik ertaga hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonining uzoqqa cho‘zilishiga, ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qonuniylashtirilgan mulk — bu faqat hujjat emas. Bu — sizning huquqingiz.
Agar mazkur qonun yuzasidan savollaringiz bo‘lsa, tuman Adliya bo‘limiga murojaat qiling.
Biz sizga huquqiy tushuntirish berishga va qonuniy yo‘l ko‘rsatishga hamisha tayyormiz.
Farhod Xaitmetov
Chinoz tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i.
