Chinoz_tumani
2026-07-29 10:00:00 / Murojaat
Chinoz tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A. Maslanov aholiga kiberxavfsizlik qoidalarini batafsil tushuntiradi.
Bugungi raqamli davrda internet va zamonaviy texnologiyalar jinoyatlari ham o'sib ketayotgan. Fuqarolarga bank kartalari ma’lumotlarini, PIN-kodlarini olib berishni, noma’lum qo‘ng'iroqlarga ishonishni, shaxsiy ma’lumotlarni ochiq joylashtirishni, moliyaviy operatsiyalarni rasmiy saytlarda amalga oshirishni aytishgan. Agar firibgarlikni sezsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki bankga murojaat qilish so'ralgan. Kiberxavfsizlik jamiyatning umumiy mas'uliyatidir.
Cocoon AI Summary
Kiberxavfsizlik bo‘yicha aholiga murojaat
Chinoz tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Maslanov tomonidan kiberjinoyat qurboniga aylanib qolmaslik yuzasidan tuman aholisiga murojaati
Hurmatli fuqarolar!
Bugungi raqamli davrda internet va zamonaviy texnologiyalar hayotimizni yengillashtirmoqda. Shu bilan birga, kiberjinoyatchilik holatlari ham tobora ortib bormoqda. Firibgarlar turli usullar orqali fuqarolarni aldashga, ularning shaxsiy ma’lumotlari hamda moliyaviy mablag‘larini qo‘lga kiritishga urinmoqda.
Shu munosabat bilan fuqarolardan kiberxavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish so‘raladi. Xususan:
• bank kartalari ma’lumotlari, SMS-kodlar, PIN-kodlar va parollarni begonalarga oshkor etmaslik;
• noma’lum qo‘ng‘iroqlar, shubhali SMS-xabarlar va havolalarga ishonmaslik;
• ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlarni ochiq joylashtirmaslik;
• to‘lov va moliyaviy operatsiyalarni faqat rasmiy va ishonchli saytlar orqali amalga oshirish;
• telefon va kompyuterlarga faqat litsenziyalangan dasturlarni o‘rnatish tavsiya etiladi.
Agar fuqarolar kiberfiribgarlik holatiga duch kelsa yoki shubhali vaziyatni sezsa, zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki bank muassasalariga murojaat qilishi lozim.
Har bir fuqaroning hushyorligi va ongli munosabati jamiyat xavfsizligining muhim kafolati hisoblanadi. Kiberxavfsizlik faqat mutaxassislarning vazifasi emas, balki barchaning umumiy mas’uliyatidir.
Shubhali holatlar yuzaga kelganda darhol tuman Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilish so‘raladi.
Unutmang, firibgarlikning asosiy sababi — beparvolik va ortiqcha ishonuvchanlikdir. Har bir fuqaro o‘zining va yaqinlarining mol-mulki hamda shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligi uchun mas’ul ekanini anglab yetishi zarur.
Chinoz tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan kiberxavfsizlikni ta’minlash, firibgarlik jinoyatlarining oldini olish bo‘yicha doimiy profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Bunda aholining ongli munosabati va hamkorligi eng muhim omil hisoblanadi.
Hurmatli fuqarolar!
Ogoh bo‘ling, axborot madaniyatingizni oshiring, o‘zingizni va yaqinlaringizni firibgarlardan asrang!
