Chinoz_tumani
2026-05-26 09:00:00 / E'lon
Chinoz tumani Xalq qabulxonasi binosida o‘tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali
Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida “Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalar” yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, Chinoz tumani hokimi hamda tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari tomonidan har hafta Chinoz tumani Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.
Mazkur muntazam ravishda tashkil etiladigan shaxsiy qabullar fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularni qisqa muddatlarda samarali hal etish hamda ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
