Chinoz_tumani
2026-05-25 09:00:00 / Yangiliklar
Chinoz tumanida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

Bugun Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari yangrab, 2025–2026-o‘quv yili yakunlandi.
Xususan, 42-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan tantanali tadbirda tuman hokimi Sherzod Salixov, ziyolilar, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida o‘tgan tadbirda davlatimiz rahbarining bitiruvchi yoshlarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Tadbir davomida bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘lida omad va ulkan zafarlar tilanib, ularning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk avlod bo‘lib voyaga yetayotgani alohida ta’kidlandi.
